LGElectronics o‘zining eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan mahsulotlari ishlab chiqarishni tezlashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlari asosida, barcha LG qurilmalarida o‘zining sun'iy idrok ishlanmalarini joriy etish bilan chuqur ta'limga asoslangan o‘z shaxsiy sun'iy idrok (SI) texnologiyasini taqdim etmoqchi.
DeepThinQ 1.0 SI sohasidagi tadqiqotlarni tezlashtirish uchun o‘tgan yili Koreyada sun'iy idrok laboratoriyasini yaratish bilan birga ishlab chiqildi. Ushbu platforma SIni keng doiradagi mahsulotlarga osonlik bilan integratsiyalash imkonini beradi, bu esa LG mutaxassislariga kelgusidagi mahsulotlarda chuqur o‘rganish texnologiyalarini qo‘llashga yordam beradi. Yaqinda taqdim etilgan ThinQ SI brendi strategiyasiga muvofiq, LG kompaniyasining DeepThinQ platformasidagi mahsulotlari - mobil qurilmalaridan maishiy texnikaga qadar – foydalanuvchiga turli texnologiyalar va yechimlarni zamonaviy sun'iy idrok platformasi bilan bog‘laydigan keng qamrovli tajriba taqdim etadi.
DeepThinQ 1.0 ko‘p yillar mobaynida LG mijozlari foydalanish odatlaridan olingan ma'lumotlar asosida ishlab chiqilgan tovushni farqlash, video va datchiklar, makon va inson tanasini aniqlash kabi SI funksiyalari bilan maqtanishi mumkin. DeepThinQ 1.0 Android, Linux va webOS kabi turli xil operatsion platformalarni qo‘llab-quvvatlab, ochiqlik va diversifikatsiya hisobga olingan holda yaratilgan.
LGThinQ bilan «yashash va o‘rganish» so‘zlari butunlay yangi ma'noga ega bo‘ladi. DeepThinQ platformasida ishlab chiqilgan mahsulotlar, bulutli serverlar orqali o‘zini mustaqil o‘rganishi mumkin, bu esa oxir-oqibatda ularning yanada aqlli bo‘lishga yordam beradi. O‘rganish qobiliyati DeepThinQ’ning yuragi bo‘lib, LG mahsulotlariga SI asosida faqat atrof-muhitni emas, balki mijozlarining xulq-atvori modelini ham anglash imkonini beradi. Misol uchun, LGThinQ konditsionerlari vaqt o‘tishi bilan mijozlarning odatlarini o‘rganadi va xonani mijozga ma'qul bo‘lgan haroratga avtomatik ravishda sovutadi. Avtomobillarda LG salon monitoringi texnologiyasi haydovchining yuz ifodalarini va harakatlarini yodda saqlab qoladi hamda u mudrab qolsa, farqlay olishi mumkin. Yakunda, ThinQ avtoulovni eng tez-tez ishlatadigan yo‘lovchilarni o‘rganishi sababli avtomobil ichidagi musiqa, yorug‘lik yoki iqlimni avtomatik ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
DeepThinQ allaqachon savdo va iste'mol sektorlarining ayrim mahsulotlarini ishlab chiqarish usulini o‘zgartirdi. Koreyaning Inchxon xalqaro aeroportidagi LG robot-gidlari yo‘lovchilarni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan ovozni farqlash funksiyasini yaxshilash uchun atrofdagi shovqinlardan foydalanadi. LG robot-changyutgichi stul bilan itning orasidagi farqni yodda saqlab qolish, shunga muvofiq harakat qiladi.
«DeepThinQ - bizning ochiq falsafamiz timsolidir - ochiq platformalar strategiyasi, ochiq hamkorlik va ochiq muloqot orqali mijozlarimizga eng kuchli SI yechimlarini yetkazish», - deydi LGElectronics bosh texnik mutaxassisi doktor Aypi Park. «ThinQ iste'molchilar bizning mahsulotlarni qanday ishlatayotganiga oid holatni butunlay o‘zgartiradi, chunki ThinQ mahsulotlari mijozlarga aqlli xizmatlarni taqdim etish uchun mijozlar ma'lumotini eslab qoladi».
Reklama huquqi asosida