CES 2018 ko‘rgazmasida LG Electronics kompaniyasi iste'molchilarning talablarini oldindan bilishi va taomni pishirish vaqtini kamaytirishi mumkin bo‘lgan kelajakdagi aqlli oshxona haqida o‘z g‘oyasini taqdim etdi. LGElectronics kundalik taom tayyorlash jarayonini osonlashtiradigan ovozli boshqarish funksiyasini taklif qilmoqda. InstaViewThinQ (SM) muzlatgichi, EasyClean® pechi va QuadWash (SM) idish-tovoq yuvish mashinasi kabi mahsulotlarga ega bo‘lgan LG aqlli oshxonasi pishirish jarayoni samaradorligi va osonligini maksimallashtirib, sizga qimmatbaho bo‘lgan bo‘sh vaqtni ko‘proq berishga qodir.
LG InstaViewThinQ muzlatgichi - maksimal qulaylik va samaradorlik ilg‘or sovutish texnologiyasining kulminatsion nuqtasi. 29 dyuymli LCD-displeyga ikki marta taqillatib, uni shaffof oynaga aylantirasiz. Bundan tashqari, aqlli muzlatgich «Bizda bugun tushlikka nima?» abadiy savoliga javob berib, mavjud bo‘lgan mahsulotlardan kelib chiqqan holda sizga mazali taomlar retseptlarini aytib beradi. Tayyorlanish usuli tanlangandan so‘ng, muzlatgich avtomatik ravishda umumiy tarmoqqa ulangan pechga ma'lumotni Alexa ovozli yordamchidan foydalangan holda yuboradi, u haqda bosh oshpazga jarayonning har bir bosqichida hamrohlik qilib, ortiqcha mashmashasiz ovqat pishirishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ovqat pishirish va iste'mol qilishdan yanada zavq olish uchun AmazonMusic, iHeartRadio va boshqa strimingli musiqa servislaridagi sevimli qo‘shiqlarni InstaViewThinQ orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinglash mumkin.
Shu bilan birga, InstaViewThinQ muzlatgichi LG webOS operatsion tizimi va Alexa ovozlarni farqlash yordamchi texnologiyasiga asoslangan, oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. SmartTag funksiyasi aqlli muzlatgichga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari stikerlari, yorliqlari va ishlatish muddatlarini qo‘shish imkonini berib, muddati o‘tgan mahsulot haqida xabar beradi. Do‘konga mahsulotlar uchun tashrif buyurgan foydalanuvchilar InstaViewThinQ ichidagi PanoramaView keng burchakdagi kamerasini ishlatib, muzlatgich ichida nima borligini smartfonlar orqali tekshirishlari mumkin.
Innit va SideChef kabi kompaniyalar bilan hamkorlik tufayli, Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlovchi LG sun'iy idrokiga ega qurilmalar foydalanuvchilarga kengroq xizmatlarni taklif qilishi mumkin. Tegishli ilovaga ulangan LG Easy Clean pechi retseptlar haqida ma'lumotni osongina olishi va ma'lum bir vaqtda ma'lum bir harorat bilan oldindan qizdirilishni boshlashi mumkin. Tozalash funksiyasi pechning yaxshilangan gidrofilli emal qoplamasi tufayli soddalashtirilgan, xabarnoma avtomatik ravishda egasining smartfoniga yuboriladi. Pechni ishlatish paytida qopqoq va lampochka avtomatik ravishda yoqiladi.
Tozalash jarayonini boshqarish uchun LGEasyClean pechi tegishli ma'lumotni ulangan QuadWash idish-tovoq yuvish mashinasiga yuboradi, u esa o‘z navbatida pishirilgan taom asosida optimal yuvish jarayonini o‘rnatadi. Misol uchun, aqlli idish-tovoq yuvish mashinasi yengil sabzavotli taom uchun emas, balki yog‘li ovqat uchun ko‘proq issiq suv ishlatiladigan uzoq jarayonni tanlaydi. QuadWash (SM) texnologiyasi to‘rtta ko‘p harakatli purkagichdan tashkil topgan bo‘lib, barcha shakl va o‘lchamlardagi narsalarni tez hamda batafsil tozalashni ta'minlaydi. EasyClean pechkasi va QuadWash idish yuvish mashinasini ham ovozli buyruqlar, shuningdek LG CLOiHubBot robotining uy modeli yordamida ham nazorat qilinishi mumkin.
«LG mahsulotlarini aqlli oshxonaga birlashtiradigan aloqa taom pishirish va iste'molchilarning ovqatlanishi bo‘yicha inqilob yaratadi», - dedi LGHomeAppliance&AirSolutionCompany kompaniyasi prezidenti DaxyunSong. «Mahsulotni tayyorlash jarayonini modernizatsiya qilish tufayli oshxonada LG sun'iy idrokidan foydalanish oshxonadagi kundalik yumushlarga innovatsion yechimlarni taklif qilib, hayot sifatini yaxshilaydi».
CES 2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar LG’ning aqlli oshxona yechimlarini Las-Vegas konferents-markazidagi Markaziy Zalning 11100-sonli stendida 9 dan 12 yanvargacha ko‘rishlari mumkin.
Reklama huquqi asosida