YeI 100 000 000 000 000 000 amalni bajara oladigan superkompyuter ishlab chiqadi

Fan-texnika 22:54 / 11.01.2018 6385

Yevropa Ittifoqi bir soniyada 100 000 000 000 000 000 (100 kvadrilon) amalni bajara oladigan 2 ta superkompyuter ishlab chiqish loyihasini ishga tushirdi. YeI buning 1 mlrd yevro (1,2 mlrd dollar) mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, bu sohada o‘zib ketgan va ulkan natijalarga erishgan Xitoy, AQSh va Yaponiyani quvib yetishdir, deya oydinlik kiritgan Yevropa komissiyasi. 

Bloomberg agentligining yozishicha, YeI loyiha doirasida 2020 yilgacha Yevropa uchun 2 ta "dunyo-tasnifi"dagi superkompyuter hamda soniyasiga 1 000 000 000 000 (1 trln) amalni bajara oladigan o‘rtacha hisoblash texnikasini ishlab chiqadi. EuroHPC tashabbusi 2017 yil martida ishga tushirilgan, biroq uni moliyalashtirish bo‘yicha ma'lumotlar 11 yanvarda e'lon qilindi. 

Bu hisoblash texnikalari 2022 yilga kelib, Yevropa texnologiyalari asosida bir soniyada 1 *1018 (kvantillion) amalni bajara oladigan yangi avlod "exascale" tizimini ishlab chiqishga poydevor bo‘lishi kerak. Yevropa komissiyasi ushbu loyihani YeIning ma'lumotlar iqtisodiyotidagi raqobatbardoshligi va mustaqilligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlamoqda. 

Loyiha ishga tushirilganidan buyon 13 davlat: Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Sloveniya, Ispaniya va Shveytsariya o‘z hissasini qo‘shgan. 

Ko‘proq yangiliklar: