CES 2018: “Josus” ko‘cha fonari taqdim qilindi

Fan-texnika 23:44 / 11.01.2018 15393

Las-Vegasda o‘tayotgan CES 2018 ko‘rgazmasida yorug‘lik-diodli “aqlli” ko‘cha fonari Wi-Fiber taqdim qilindi. Ushbu fonar bugungi kunda ommalashib borayotgan “aqlli shahar”ning bir qismiga aylanishi mumkin, chunki u o‘tgan-ketganlar ortidan kuzatishi, xavf haqida ogohlantirishi va internet tarqatishi mumkin.

Fonar ichidagi modullarni almashtirsa va sozlasa bo‘ladi. Yorug‘lik-diodli lampalar vaziyatga qarab rangini o‘zgartirib, xavf haqida ogohlantirishga imkon beradi. Shuningdek, fonar Wi-Fi tarqata oladi, ichiga kuzatuv kamerasini joylab,  4K sifatgacha bo‘lgan videoni olish va ovozni yozish mumkin. Jinoyatchilarni aniqlash uchun ovozni tanish algoritmlarini qo‘llab, ovoz signalini alohida yozish mumkin.  

Wi-Fiber muayyan odamlarni qidirishi va kelgusida qo‘llash uchun suratlarni arxivlashi mumkin. Bundan tashqari, tizim o‘qotar qurol datchiklari va havo sifatini aiqlash uchun sensorlar bilan jihozlangan. Wi-Fi nuqtalarining joylashtirilishi esa odamlarga nafaqat internetga kirishda, balki “aqlli shahar”ning qolgan unsurlari bilan bog‘lanishda yordam beradi hamda uyali aloqa operatorlari tarmog‘iga tushadigan yuklamani yengillashtirishga imkon beradi.

 

Ko‘proq yangiliklar: