Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kliplarning internetda tarqalishi qat'iy nazorat qilinadi - "O‘zbekkonsert" rahbari

Foto: KUN.UZ
Endi xonandalar tomonidan suratga olinayotgan kliplar efirga chiqishdan oldin "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi qoshidagi maxsus badiiy kengash nazoratidan o‘tadi. Bu haqida "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"O‘tgan yilda xonandalarning 12ta klipini bekor qildik. Bu yil esa mazkur holatga boshqacha yondashiladi. Bizga ma'lumki, san'atkor bir klipni suratga olish uchun qo‘pol qilib aytganda, eng kamida 2-3 ming AQSh dollari sarflaydi. Biroq biz uchun madaniyat, ma'rifat, milliy mentalitet tushunchalari ustun turadi. Endilikda "O‘zbekkonsert" qoshida kliplar bo‘yicha maxsus badiiy kengash tashkil etilib, har haftada bir marta suratga olingan kliplar muhokamaga qo‘yiladi. Agar qo‘shiq va unga olingan klip kengash tasdig‘idan o‘tsagina, televideniye hamda internet tarmoqlari orqali namoyish etiladi", deya qayd etdi Odiljon Abduqahhorov.
Ma'lum bo‘lishicha, 15 nafar a'zodan iborat badiiy kengash milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan kliplarni bekor qilib, xonandalarga to‘g‘ri tavsiyalar berishda xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, kliplarning nafaqat xususiy kanallarda chiqishi, balki internet tarmoqlarida ham tarqalib ketishini oldini oladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi

12:39 / 09.10.2023
«O‘zbekkonsert» direktori o‘zgardi

08:47 / 26.05.2022