O‘tgan 2017 yil jahon avtomobilsozligida ham sermahsul yillardan biri bo‘ldi. Albatta, 2018 yil ham undan kam bo‘lmasligi aniq. Jaguar elektr krossoveri, yangi avlod LR Defender va ilk Rolls-Royce yo‘ltanlamasi shular jumlasidan... Va albatta, bular boshlanishi, xolos! Motor.ru sayti 2018 yilda taqdim etilishi kutilayotgan avtomobillar bilan tanishtiradi.
Audi Q8
Audi kompaniyasining yangi bayroqdor krossoveridan darak beruvchi namunalarni biz o‘tgan yilda 2 marta: yanvar hamda mart oyida ko‘rdik. Q8 Sport Concept kontsepti 450 ot kuchiga ega bo‘lgan 6 silindrli benzinda harakatlanuvchi motor, elektr kuchaytirgich va 48 voltli bort tizimiga ega edi. Seriyali ishlab chiqariluvchi krossover Q7 yo‘ltanlamasining yanada hashamatli va kuchliroq namunasi bo‘lishi aytilmoqda.
BMW X7
Germaniyaning yana bir mashhur avtomobilsozlik kompaniyasi ishlab chiqqan X7 iPerformance kontsepti 2017 yil sentabrida Jyeneva avtosalonida namoyish etildi. BMW kompaniyasi dekabr oyi oxiridayoq Amerikaning Spartanberg shahridagi zavodida seriyaoldi mashinalarining yig‘ilishini namoyish etdi. Shu narsa ma'lumki, X7 xDrive50i 4,4 l juft-turbo «sakkizlik» dvigatel bilan jihozlanadi. U 462 ot kuchiga tengdir. 5 hududli iqlim nazorati, obektlarni taniy oladigan tungi ko‘rish tizimi, Xoffroad yo‘ltanlamas to‘plami qulayliklardan ayrimlaridir. Seriyali avtomobil shu yil oxirida sotuvga chiqadi.
BMW 8 Series
8-seriyadagi yangi bayroqdor kupe darakchisi 2017 yil bahorida takil etilgan Concorso d’Eleganza Villa d’Este – nafislik festivalida namoyish qilingan edi. Seriyali mashina yangi «yettilik» platformasida barpo etishadi. U shunchalik nafis va hashamatli bo‘lishi kutilyaptiki, u segment talablarini yuqori pog‘onaga ko‘tarishi aytilmoqda. 8 Series juda ko‘plab to‘plamlariga ega bo‘ladi, xususan 850 va M8 shular jumlasidan. Unga M760Li xDrive avtomobiliga o‘rnatilgan V12 motorini joylash ehtimoli katta.
Cadillac XT4
Ixcham Cadillac krossoveri kompaniyaning XT5 modelidan bir pog‘ona pastda turadi. Unga BMW X3 va Lexus NX mashinalari asosiy raqib bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Hozircha, motorlar qatori haqida ma'lumotlar mavjud emas, ammo aksar manbalar yo‘ltanlamasga 280 ot kuchiga ega, 2.0 l «turboto‘rtlik» va gibrid qurilmasi o‘rnatilishi haqida so‘z yuritishmoqda. Uning rasmiy taqdimoti Shimoliy Amerikadagi avtoko‘rgazmalardan birida bo‘lib o‘tadi.
Genesis GV80
Hyundai kompaniyasining premium tasnifidagi Genesis brendining ilk krossoveri 2017 yil bahorida Nyu-York avtosalonida namoyish etilgan edi. U «ikkiqatli» diodli chiroqlari, romsiz eshiklari va multimedia tizimining keng formatli bilan displeyi bilan farqlanib turadi. Kontseptning kuch uskunasi haqida shu narsa ma'lumki, u yoqilg‘ida ishlaydi.
Jaguar i-Pace
Britaniya kompaniyasining birinchi elektr krossoveri yangi modul platformasi negizida ishlab chiqiladi. Unga jami 400 ot kuchiga teng 2 ta elektrmotor o‘rnatiladi. Ular 90 kVt*soatlik litiy-ionli batareyalardan quvvat oladi. U bir marta quvvatlangach 500 km masofani ortda qoldirishi ta'kidlanmoqda.
Land Rover Defender
2016 yil boshida ishlab chiqarishdan olingan ajoyib yo‘ltanlamas 2018 yilda qayta tug‘iladi. Land Rover bosh dizayneri Jyerri Makgovernning so‘zlariga ko‘ra, bu umuman boshqacha avtomobil bo‘ladi. U afsonaviy mashina bilan shunchaki «hissiy aloqa»ga ega bo‘ladi. Yangi Defender alyuminiy platformada barpo etiladi. Aytish mumkinki, u Discovery kompaniyasining modernizatsiya qilingan mahsulotidir. Dvigatellar sirasiga benzinli hamda dizelli motorlar kiritiladi. Bundan tashqari V6 namunasi ham qo‘yiladi. Shuningdek, gibrid hamda to‘liq elektrlashtirilgan namunalari paydo bo‘lishi ham mumkin.
Mercedes-Benz AMG GT4
AMG kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 4 eshikli 63 indeksli CLS Porsche Panamera bilan bemalol raqobat qila oladi. MRA platformasida barpo etilgan yangi sedan 4.0 l hajmli AMG «sakkizligi» bilan jihozlanadi. 2 turbinali motor 600 dan ortiq ot kuchi bilan ta'minlaydi. AMG GT4 48 voltli bort energiya tizimi, starter-generator va 20 kuchli elektromotorga ega bo‘ladi.
Rolls-Royce Project Cullinan
Eng yirik Rolls-Royce. Kompaniya uni krossover deb atamaslikni so‘ramoqda. Chunki SUV (Sport Utility Vehicle) qisqartma otida sort so‘zi mavjud. U alyuminiyli platformada barpo etiladi. Yangi avlod Phantom sedani ham shu shassida ishlab chiqiladi. Kompaniya rahbari Torsten Myuller-Otvos so‘zlariga ko‘ra, u «niqobdagi Audi Q7 emas» (Bentley Bentayga modeliga sha'ma qilinmoqda), balki haqiqiy Rolls-Royce bo‘ladi.
VW Touareg
Yangi Volkswagen Touareg o‘tgan yil dekabr oyida fotokameralar obektiviga tushgan edi. Uning kuzovi T-Prime GTE kontsepti uslubida ishlab chiqilgan. Yo‘ltanlamas asosida Porsche Cayenne, Audi Q7 va Bentley Bentayga mashinalarida qo‘llanilgan MLB modulli platformasi yotadi. Touareg dvigatellariga «oltilik» va «sakkizlik» hamda gibrid motorlar kiradi. T-Prime GTE kontseptida motor 380 ot kuchiga ega edi.
Toyota Supra
Toyota kompaniyasining yangilangan sportkari BMW bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Ikki kompaniya mashinalarining suratlari ko‘p bora turli nashrlarda paydo bo‘ldi, biroq ular haqida batafsil ma'lumot mavjud emas. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, Toyota Supra 2.0 l hajmdagi «turboto‘rtlik», 3.0 l «oltilik», gibrid motor ham o‘rnatiladi.
Ford Focus
Amerika kompaniyasining Focus mashinasi yanvar oyida Detroytda tashkil etiladigan ko‘rgazmada namoyish etilishi kutilmoqda. Ammo boshqa manbalar uning o Jyeneva yoki Pekinda namoyish etilishini aytmoqda. Uning negizida Ford kompaniyasining yangi platformasi yotadi. Shassi g‘ildiraklar asosi 50 mm.ga kengaytirilgan, vazni 50 kg.ga yengillashtirilgan. Motorlar faqatgina turbokuchaytirgichli bo‘lishi aniq. Bular 1.0 litrdan 2.0 litrgacha hajmdagi 280 ot kuchigacha quvvat beruvchi dvigatellar bo‘ladi.