GoPro dronlar bozorini tark etmoqchi

Fan-texnika 00:43 / 09.01.2018 7758

Kameralar ishlab chiqaruvchi GoPro kompaniyasi kamida 250 xodimini (butun xodimlarining 20 foizi) bo‘shatishi va kvadrokopterlar bozoridan ketishini ma'lum qilgan. Bu haqda kompaniya saytidagi xabarda aytilgan. 

2017 yilda kompaniyaning kvadrokopteri Karma bu turdagi qurilmalar bozorida qattiq raqobatga duch keldi. Bundan tashqari, Yevropa va AQShdagi qat'iy me'yeriy baza keyingi yillarda bozorning umumiy holatiga salbiy ta'sir qiladi.  

Bu omillar dronlar bozorini foydasiz qiladi. GoPro kompaniyasi qolgan Karma’larni sotib bo‘lgach, bu bozorni tark etmoqchi. Biroq kompaniya dronlar egalariga texnik ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi.  

GoPro, shuningdek, 2018 yilda bosh direktorga to‘lovlarni 1 dollargacha qisqartiradi. 

GoPro bosh direktori Nik Vudmanning aytishicha, u kompaniyani sotish yoki boshqa kompaniya bilan hamkorlik tuzish variantini o‘ylamoqda. Uning fikricha, kompaniya xarajatlarni qisqartirgandan keyin daromad ola boshlaydi. GoPro butun dunyo bo‘ylab ming xodimini qoldirmoqchi.

GoPro aksiyalari ishchilar bo‘shatilishi va dronlar bozoridan ketishi haqidagi yangilikdan keyin 30 fizga arzonlashgan.

Kompaniya suratga olish uchun mo‘ljallangan o‘zining ilk va oxirgi droni Karma’ni 2016 yil kuzda taqdim qilgan. Dronlar sotuvga chiqqandan bir necha kun o‘tib elektr uzatishdagi muammo sababli qaytarib olingan.

2016 yil noyabrda GoPro original ko‘ngilochar kontent yaratuvchi bo‘linmasini yopgan. O‘shanda kompaniya ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirib, 15 foiz ichshisini bo‘shatib yuborishga qaror qilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: