Qibray uchun issiqlik energiyasining yangi tarifi tasdiqlandi

Foto: O‘zbekenergo
O‘zbekiston Moliya vazirligi 29 dekabr kuni Toshkent IESning poytaxt viloyati Qibray tumani uchun ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasiga yangi tarifni tasdiqladi. U 2018 yil 20 yanvardan kuchga kiradi. Bu haqda Gazeta.uz xabar tarqatdi.
«Issiqlik manbai» korxonasidan tashqari, barcha iste'molchilar, jumladan ulgurji iste'molchi-qayta taqsimlovchilar uchun issiq suv va bug‘ uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 62600 so‘m (joriy tarif — 57520 so‘m) etib belgilandi. «Issiqlik manbai» korxonasi uchun tarif o‘zgarishsiz qoladi – 1 Gkal uchun 57520 so‘m. Tarif QQSni o‘z ichiga oladi.
29 dekabrda tasdiqlangan yangi tariflar kuchga kirishi munosabati bilan 2017 yil 4 avgustdagi tariflar o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mavzuga oid

11:43 / 13.02.2025
Qibrayda qariyb 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi

14:43 / 23.01.2025
Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

20:14 / 07.01.2025
Qibrayda dorilarni elektron retsept asosida berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

09:26 / 10.12.2024