Apple’ning ikki investori - Jana Partners va Teachers' Retirement System kompaniyasi texnologik gigantni bolalarning iPhone’ga qaramligini qanday qilib yo‘q qilish mumkinligi ustida bosh qotirishga chaqirdi. Ular ochiq xatda shunday murojaat bilan chiqishgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Shuningdek, investorlarning fikricha ekspertlik kengashini tashkil etish lozim, u yerga bolalar rivoji bo‘yicha mutaxassislar kirishi kerak. Bundan tashqari, kompaniyalar Apple’ni tadqiqotchilar bilan ma'lumotni bo‘lishishga chaqirishgan.
Kompaniyaning yana bir tashabbusi smartfonga ota-onalar uchun ko‘proq optsiyalar tatbiq etishni nazarda tutadi, ular bolalar sog‘ligini nazorat qilishga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple korporatsiyasi protsessorlardagi sezilarli kamchilik iMac va iPhone’ning barcha modellarida uchrashini tan olgandi.