Videoxit: Tesla elektrokari yuk mashinasini qalin qordan olib chiqa oldi

Fan-texnika 13:23 / 07.01.2018 18234

Ilon Maskning elektromobillari hayratlantirishda davom etmoqda. Bunga esa Tesla Model X krossoveri va ko‘p tonnalik yuk mashinasi ishtirokidagi video yaqqol misoldir. Video AQShda suratga olingan.

“Tesla” qorga botgan yuk mashinasini shatakka olib, uni bu “iskanja”dan olib chiqa olgan. Vaholanki, mashina pasportida u yordamida 2,2 tonnadan sal ko‘proq og‘irlikdagi obektlarni tortish mumkinligi ko‘rsatilgan.   

Tesla Model X’da hamma ham bilmaydigan bir kichik “sir” bor: u yo‘l bilan optimal ravishda ilashishi uchun tortish kuchini o‘qlar orasida taqsimlashni nazorat qiluvchi tizimga ega. 

Mashinaning top-versiyasi (P100D) 100 km/soat tezlikka 3,1 soniyada erisha oladi. Maksimal tezligi esa 250 km/soatni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: