Mahmud Ahmadiynajod Eronda «tartibsizliklarga chorlaganligi» uchun ushlandi

Jahon 15:57 / 07.01.2018 19933

Eronning Sheroz shahriga tashrifi davomida namoyishlarni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun sobiq prezident Mahmud Ahmadiynajod hibsga olingan, deb xabar beradi «Al-quds-ul arabiy» gazetasi Tehrondagi manbalariga tayanib. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, hukumatning bunday qarorga kelishi sabab Ahmadiynajodning Bushahr shahridagi bayonotlari«tartibsizliklarga chorlash» o‘laroq baholangani bo‘lmoqda.

Payshanba kuni Bushahr shahri aholisi oldida chiqish qilgan Ahmadiynajod mamlakatning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy hamda hukumatni qattiq tanqid ostiga olgan va ularni xalq muammolaridan uzoqlashish, «yomon boshqaruv», «jamoatchilik boyliklariga monopoliya»ni uzlashtirganlikda ayblagan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, siyosatchining hibsga olinishi Islom respublikasi oliy rahbari Ali Xomanaiyning ma'qullovi bilan amalga oshirilgan.

Konservator hisoblanuvchi Ahmadiynajod prezidentlik lavozimini ikki muddat ketma-ket — 2005 yildan 2013 yilgacha egallagan. 2009 yilda — uning saylovdagi ikkinchi g‘alabasidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.

Eronning yirik shaharlarida 28 dekbardan buyon ommaviy norozlik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar hukumatdan mavjud iqtisodiy vaziyatni o‘nglashni talab qilib chiqishmoqda.

Tehrondagilarning fikricha, namoyishlar ichki muammolar sababli vujudga kelganini rad etmasdan, shuningdek, unga AQSh, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni tomonidan ko‘mak berilayotganini ta'kidlashmoqda.

Namoyishda 20 dan ziyod kishi qurbon bo‘lgan, yuzdan ortiq kishi hibsga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: