Xitoyning Huawei Mate 10 Pro smartfoni 2017 yilning Android boshqaruvi ostidagi eng yaxshi zamonaviy smartfoni deya e'tirof etildi. Android Authority portali taqdim etgan eng yaxshi smartfonlar o‘nligi ro‘yxati shundan dalolat bermoqda.
Portalning keng ko‘lamli sinovlariga ko‘ra, Xitoy gadjyeti yakuniy bosqichda 361 ball oldi, bu ikkinchi o‘rinni olgan Samsung Galaxy Note 8 smartfoni natijasidan 7 ballga ko‘p demakdir. Uchinchi o‘rinni OnePlus 5T egalladi - 337 ball.
Eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatiga shuningdek Nokia 8, LG V30, Pixel 2 XL, Moto Z2 Force, Sony Xperia XZ1, Razer Phone va BlackBerry KEYone Black modellari ham kirdi.
Tanlovning asosiy mezonlari texnik parametrlar, ishlash tezligi, akkumulyator imkoniyatlari, narx hamda kamera faoliyati. Tashkilotchilarning aniqlik kiritishicha, olingan suratlar sifati portal foydalanuvchilari tomonidan baholangan.