LGElectronics kompaniyasi bir yil oldin robotlar qatorining taqdimotidan so‘ng, shu yo‘nalishda harakat qilishni davom ettirdi va CES 2018’da uchta yangi namunani taqdim etdi. LG’dan uchta yangi robot kontsepti mehmonxona, aeroport va supermarketlarda tijorat maqsadida foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Yangi robotlashtirilgan modellar LG’ning robototexnika sohasidagi yetakchi texnologiyalarga asoslangan biznesini kengaytirish niyatida ekanini aks ettiradi.
LG’ning robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi brendi CLOi deb nomlandi. Brend yo‘lovchi va robot-tozalovchi uchun Inchxon shahri xalqaro aeroportida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan robotning afzalliklarini o‘ziga qamrab olgan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha robot, porte robot va xaridlar uchun robotlashtirilgan aravachani o‘z ichiga oladi. Yaqindan boshlab Koreya Respublikasidagi eng yirik moliya muassasalaridan biriga tashrif buyuruvchilarga yordam berayotgan maysalarni kesishga mo‘ljallangan robot va axborot beruvchi robot ham CLOi brendi oilasiga kiradi.
Robotning vazifalari orasida aeroportlardagi mexmonxonalar va restoranlarga tashrif buyurganlarga oziq-ovqat hamda ichimliklarni tez yetkazib berish ham bor. Robot yetkazib berishni soat mili bo‘yicha amalga oshirishi mumkin, ichki harakatlanuvchi patnisdan esa gazaklar va ichimliklarni olish osonroq bo‘ladi. Yetkazib berish ishi yakunlangach, robot o‘z joyiga mustaqil ravishda qaytadi.
Mehmonlarning yuklarini xonalarga yetkazib berish uchun mo‘ljallab loyihalashtirilgan robot-porte uzoq vaqt xizmat ko‘rsatish va kutish natijasida kelib chiqqadigan noqulaylikni pasaytiradi. Robotlashtirilgan porte joylashish va tark etish tartibini tezda rasmiylashtirishi mumkin, to‘lovni qabul qiladi va yukni ikki soniyada kutib turgan mashinaga yetkazishi mumkin.
LG premium-sinfdagi supermarketlarda mijozlar tajribasini yaxshilash uchun robototexnikada nou-xauni tatbiq etmoqda. Xarid qilish uchun robotlashtirilgan aravacha barkodlar uchun rider bilan jihozlangan, buning natijasida xaridorlar mahsulot qiymatini aniqlay olishi va o‘z xaridlarining to‘liq ro‘yxatini displeyda ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, robot maxsus mobil ilovalar orqali savdo zalida oldindan tanlangan mahsulotlarni topishga yordam beradi.
LG CLOi robotlar qatori maishiy elektronika modellari va sun'iy idrokdan foydalanilgan maishiy texnikani birlashtiruvchi ThinQ seriyasidagi mahsulotlarga parallel ravishda rivojlanadi. LG CLOi LG tomonidan ham foydalanuvchi bilan hissiy o‘zaro harakat, ham innovatsiyalar va sun'iy idrok texnologiyasini qo‘llash orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun ishlab chiqilgan brend bo‘ladi.
«LG robotlar qatorini kengaytirish niyatida, bu iste'molchilarga haqiqiy innovatsiyalarni taklif etish hamda ularning hayotiga qulaylik kiritish maqsadida qilinadi. Bu bizning bo‘lajak o‘sishimiz muhim qismidir», - deydi HomeAppliance&AirSolutions kompaniyasi smart yechimlar biznes-bo‘linmasi rahbari Ryu Xu-djun. «Biz robotlar qatorini tijoriy maqsadlarda hamda uyda foydalanish uchun oshirishni davom ettiramiz, biroq robototexnika sanoatini rivojlantirish imkoniyatlarini izlashni ham to‘xtatmaymiz».
Reklama huquqi asosida