CES-2018 iste'molchilik elektronikasi ko‘rgazmasida Hyundai avtomobil brendining vodorod yoqilg‘i unsurlarida ishlovchi yangi krossoverining ommaviy taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Shu sababli kompaniya yangi krossoverining rasmiy suratlarini va videosini namoyish qildi. Taxmin qilingandek, vodorodda ishlovchi krossover 2017 yil yozda Seulda taqdim qilingan Hyundai Next Generation FCEV modelining o‘zidir.
Hyundai Next Generation FCEV modeli vodorod uchun 3 ta ballon va oraliq akkumulyator bilan jihozlangandi. Mashinaning quvvati 163 ot kuchini, yurish zaxirasi esa 580 km.ni tashkil qiladi.
Ma'lum qilinishicha, ommaviy tarzda ishlab chiqariluvchi yangi krossover Advanced Driver Assistance System deb nomlangan, haydovchiga yordam berish tizimi bilan jihozlanadi. Tizim haqida batafsil ma'lumotlar CES-2018 ko‘rgazmasida ma'lum qilinadi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, krossover Yevropa, AQSh va Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi.
CES-2018 ko‘rgazmasi 9-12 yanvar kunlari AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.