Intel Corp. bosh ijrochi direktori Brayan Krjanich kompaniya ishlab chiqaradigan mikrosxemalar xavfsizligida jiddiy muammolar borligidan xabar topgach, kompaniyaning o‘ziga tegishli aksiyalarining katta qismini 2017 yil noyabrda sotib yuborgan. Bu haqda CNBC xabar bergan.
Mikrosxemalarning zaif tomonini Google Project Zero’ning kiberxavfsizlik mutaxassislari aniqlashgan. Ularning ma'lum qilishicha, Intel miroprotsessorlarida ikkita zaif joy mavjud: Meltdown va Spectre. Xakerlar bu kamchiliklardan foydalanib, dunyodagi istalgan kompyuterning butun xotirasiga kira olishlari mumkin.
Ta'kidlanishicha, ushbu kamchiliklarning bartaraf etilishi kopmyuterlar ishlashini 30 foizga sekinlashtirishi mumkin. Kompaniyada ushbu muammolar mavjudligi tan olingan va ularni bartaraf etishga va'da qilingan.
Krjanichga qaytadigan bo‘lsak, u opsionlarni qo‘llab, kompaniyaning 644 mingta aksiyasini 44,05 dollardan sotib yuborgan. U bu aksiyalarni 12,985 dollardan 26,795 dollargacha narxda, ya'ni o‘sha vaqtdagi narxlardan ancha past qiymatda sotib olgan.
Bundan tashqari, Krjanich o‘ziga tegishli bo‘lgan 245,7 mingta aksiyani 44,55 dollardan sotib yuborgan.