Dunyodagi eng katta ikra bankasiga oid rekord yangilandi

Foto: Twitter/Hotelier Middle East
Dubaydagi Atlantis The Palm kurort majmuasi bayram kunlari Ginnesning Rekordlar kitobidan joy oldi. Rahbariyat bayram dasturxoniga dunyodagi eng katta qora ikra bankasini tayyorladi. Bu haqida Hotelier Middle East'ning Twitter'dagi sahifasida ma'lum qilindi.
98 x 74 sm'li olmos ko‘rinishidagi banka 50 kilogramm og‘irlikka ega bo‘lgan. Ta'kidlash joizki, bundan avvalgi rekord atigi 17 kilogrammni tashkil qilgan.
Rekordchi-ikra bayram mehmonlariga ulashilgan. Yangi yil bayramida kurort majmuasida 5 mingga yaqin kishi yig‘ilgan.
Mavzuga oid

10:33 / 08.09.2024
Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj

00:38 / 04.12.2019
Dubay shahzodasi jahon rekordi o‘rnatdi

22:21 / 20.09.2018
«Ginnessning rekordlar kitobi»ga kirgan sahna asari Toshkentda namoyish etiladi

19:20 / 01.01.2018