London birjasidagi savdolar vaqtida Brent nefti narxi 68 dollardan oshdi.
Neft narxi 2,1 foizga ko‘tarilib, bir barreli uchun 68,01 dollarga yetgan. Mutaxassislarning fikricha, neft narxi AQShda neft zaxiralari kamayishi kutilishi va Erondagi keskinlik sababli ko‘tarilgan.
Brent narxi oxirgi marta 2015 yil may oyida 68 dollardan qimmatroq turgan.