Apple korporatsiyasi eski iPhone modellarining batareyalarini almashtirish narxini tushirish natijasida 10 milliard dollar yo‘qotadi. Business Insider nashri Barclays banki tahlilchilari bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi iPhone xaridlarining asosiy sababi akkumulyatorlarning eskirganida. Endi, kompaniya batareyalarni almashtirish narxini pasaytirayotgan va gadjyet samaradorligini oshirishni taklif qilayotgan bir paytda yangi iPhone'lar sotuvlari 2018 yilda 16 milliontaga kamayishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, Apple'ning eski smartfon modellari faoliyatini sekinlashtirishi iste'molchilar noroziligini keltirib chiqargandi. Natijada korporatsiya batareyalarni almashtirish narxini 79 dollardan 29 dollarga pasaytirishga qaror qilgan. Shuningdek kompaniya eski iPhone modellari ishlashini maqsadli sekinlashtirgani uchun uzr so‘ragan.