GBH Insights tahlilchisi Daniel Ayvs USA Today nashri uchun 2017 yildagi eng xaridorgir gadjyetlar reytingini tuzdi. Reytingga ko‘ra, 2017 yilda eng ko‘p sotilgan xaytek-mahsulot iPhone modellari bo‘ldi.
2016 yilda Apple 211 miilionta iPhone sotishga muvaffaq bo‘lgan. Yakunlanayotgan yilda esa bu raqam 233 milliontaga yetishi mumkin. 2-o‘rinni Galaxy S8 va Note8’dan 33 mln dona sotgan Samsung egallamoqda. Tahlilchi Apple’ning premial modellari hisoblanuvchi barcha gadjyetlari va Samsung’ning bor-yo‘g‘i ikkita mahsuloti sotilishini hisobga olgan. Savdodan qaytarib olingan Galaxy Note 7 fableti Samsung’ning natijalariga salbiy ta'sir ko‘rsatgan.
Mutaxassis 3-o‘rinni Amazon Echo Dot karnaylariga berdi, bu qurilmadan 24 mln dona sotilgan. Savdolar hajmi o‘sishi qurilma narxining 49,99 dollardan 29,99 dollargacha arzonlashishiga olib kelgan.
Yetakchi beshtalikning 4-o‘rnini Apple Watch “aqlli” soatlari egalladi. Yil davomida bu qurilmadan 20 mln dona sotilgan. 5-o‘rindan esa Nintendo Switch o‘yin pristavkasi o‘rin oldi. Bu qurilmadan 2017 yilda 15 mln dona sotilgan.