“QQB-MOBILE” - endi yanada qulay!

Fan-texnika 16:19 / 30.12.2017 12435

Aktsiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga va o‘z mijozlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqda. Xususan, bank tomonidan Android platformasi asosida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun joriy etilgan “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.

Bugungi kunda ushbu zamonaviy dasturdan foydalanib mijozlar  uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni,  internet provayderlar, raqamli televideniye xizmatlari, iste'mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni hamda kommunal to‘lovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, mobil ilova orqali hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish, Online Smart Vista  plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma'lumotlarni olish, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirish mumkin.

Shu kunlarda mazkur dastur foydalanuvchilari yana bir imkoniyatga ega bo‘lishdi. Endilikda MUNIS to‘lov tizimi orqali “QQB-mobile” ilovasi yordamida ATB “Qishloq qurilish bank” plastik kartasidan mablag‘larni boshqa bank plastik kartasiga o‘tkazishlari mumkin bo‘ldi.

Foto: Qishloq qurilish bank

 Bundan tashqari ilovadan foydalanish yanada qulay bo‘lishi uchun birmuncha soddalashtirildi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Dasturdan foydalanish uchun PlayMarket ilovalaridan “QQB-mobile” ilovasi yuklab olinadi.

Yana bir yangilik - “Qishloq qurilish bank” bankomatlarida endilikda bir vaqtning o‘zida ham naqd pul mablag‘larini yechish, ham plastik kartochkalar  bilan  amallar  bajarish  imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Eng  muhimi  shundaki, bank tomonidan joriy etilayotgan bu kabi yangiliklarning barchasi  aholiga va mijozlarga yanada qulaylik yaratishni, zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlaydi.  

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: