Bluetooth — bu 100 metrgacha bo‘lgan masofada qurilmalar orasida simsiz ma'lumotlarni uzatish texnologiyasi. Bluetooth ishlab chiqarishga doir ishlar 1994 yilda Ericsson telekommunikatsion jihozlar ishlab chiqaruvchisi tomonidan boshlangan. Oxir-oqibat Bluetooth 1998 yilda asos solingan Bluetooth Special Interest Group tomonidan ishlab chiqildi. Unga Ericsson, IBM, Intel, Toshiba va Nokia kompaniyalari kirdi. Keyinchalik u IEEE 802.15.1 xalqaro standartining bir qismiga aylandi. Bluetooth so‘zining ildizi Daniyaga borib taqaladi, u "ko‘k tish" degan ma'noni beradi. Bir-biriga qarshi bo‘lgan Daniya qabilalarini yagona qirollikka birlashtirgan vikinglar qiroli Xarald I'ni shunday chaqirishgan. Umuman olganda, Bluetooth ham aloqa protokollarini bir universal standartga birlashtiradi. Hi-News Bluetooth qanday ishlashiga doir ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Bluetooth'ning ta'sir tamoyili radioto‘lqinlardan foydalanishga asoslangan. Bluetooth ishga tushirilganda 2,4 GGts atrofidagi cheklangan chastota diapazonida ishlaydigan radio uzatgich faollashadi. Bu spektor qismi ISM — Industry deb ataladi, Science and Medicine — turli maishiy uskunalar va simsiz tarmoqlarda qo‘llaniladi. Faollashuvdan so‘ng radiouzatgich shu diapazondagi barcha signallarni kuzata boshlaydi. Ikkinchi qurilma ham xuddi shu ishni bajaradi. Qurilmalar bir-birini topganidan so‘ng birinchisi uzatgich rolini o‘z zimmasiga oladi, ikkinchisi esa priyomnikka aylanadi. Ma'lumotlar keng qamrovli to‘siqlarga chidamlilikni ta'minlovchi maxsus FHSS algoritmidan uzatiladi. Mazkur algoritmga muvofiq, Bluetooth signali chastotasi soniyasiga 1600 marta o‘zgaradi. Har bir ulanish uchun chastotalar orasidagi ketma-ketlik tasodifiy hisoblanadi va bu faqat har 625 mikrosoniyada sinxron ravishda bir chastotadan boshqasiga o‘tadigan uzatgich hamda priyomnikka ma'lum. Shunday ekan, agar yoningizda uzatgich-priyomniklarning bir necha jufti ishlayotgan bo‘lsa, ular bir-biriga xalaqit bermaydi. Bu algoritm shuningdek uzatilayotgan ma'lumotlar himoya tizimining bir qismi hisoblanadi.
Bluetooth'dan yo‘llashdan avval ma'lumotlar maxsus bloklarga ajratiladi. Priyomnik protsessori paketlarni qayta ishlaydi, ulardan uzatiluvchi faylni yaratadi va uni qurilmaning doimiy xotirasiga joylaydi.
Raqamli ma'lumotlar va audiosignal uzatishda kodlashning turli sxemalari qo‘llaniladi: audiosignal takrorlanmaydi, raqamli ma'lumotlar esa, ma'lumotlar paketi yo‘qotilgan taqdirda takroran uzatiladi.
Bugungi kunda Bluetooth'ning dolzarb versiyasi 5.0 spetsifikatsiyasi hisoblanadi. U o‘tgan yilning iyunida Londonda namoyish qilingan bo‘lib, oshirilgan ta'sir doirasi (bino ichida 40 metrgacha va ko‘chada 200 metrgacha) hamda 6,25 MBayt/s'ni tashkil qiluvchi ma'lumot yetkazish tezligi bilan ajralib turadi. Bluetooth 5.0 qator mobil qurilmalar, xususan iPhone 8 va iPhone X tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.