Amerikaning Apple kompaniyasi jahon smartfonlar bozorida yetakchilikni saqlab kelmoqda, biroq 2017 yilning III choragida uning ulushi sezilarli darajada kamaydi. Counterpoint Research ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda.
Kompaniya ekspertlari baholariga ko‘ra, Apple iyul-sentabr oylarida smartfonlar sotuvlaridan tushgan global daromadning 60 foiziga ega bo‘lgan, o‘tgan yilning xuddi shu vaqtida esa bu ko‘rsatkichlar 86 foizni tashkil qilgan.
Tahlilchilar bozordagi ulushning pasayishini o‘tgan yili kompaniyaning eski modeldagi nisbatan arzon smartfonlarni sotgani bilan izohlamoqda. Bundan tashqari, Galaxy Note 8 yangi flagmanini taqdim etgan va segmentdagi global daromadning 26 foiziga ega bo‘lgan Samsung tomonidan raqobat ta'siri ham sezilgan.
Yetakchilar beshligidan, shuningdek, Xitoyning uch kompaniyasi - Huawei, Oppo va Vivo o‘rin olgan. Bu kompaniyalarning ulushi bozorda 5 foizdan oshmagan.
Apple aksiyalari chorshanba kuni 0,3 foizga arzonlashgani qayd etildi. Yil boshidan kompaniya kapitalizatsiyasi 47 foizga (875,75 milliard dollargacha) oshgan.