Apple foydalanuvchining iPad’ini 47 yilga bloklab qo‘ydi

Fan-texnika 10:08 / 28.12.2017 5354

Reddit forumining BadBurrito78 nikli foydalanuvchisi forumda uning iPad plansheti 47 yilga bloklab qo‘yilganidan shikoyat qildi.

Gadjyet egasining aytishicha, u planshetdan 3 yilcha foydalanmagan. Yaqinda u qurilmani yoqishga qaror qilgan, biroq ekranda qurilma faolsizlashtirilgani haqida ma'lumot chiqqan. Foydalanuvchiga qurilmani 24735744 daqiqadan (47 yildan) keyin yoqib ko‘rish tavsiya qilingan.

Foto: Reddit

Aniqlanishicha, qurilma uzoq vaqt ishlatilmagani sababli undagi barcha sozlamalar tashlab yuborilib, 1970 yil 1 yanvar sanasiga qaytib qolgan. Gadjyet yoqilgandan keyin vaqtni tekshirib, ekranga xatolik haqida ma'lumot chiqargan. 

Foydalanuvchi bu muammoni qanday hal qilishni bilmasligini aytgan. Izohlarda unga planshetni kompyuterga ulab, sanani o‘zgartirib ko‘rish tavsiya qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: