Amerikaning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi Violetta Maylyan Apple'ga qarshi ish ochdi va kompaniyadan 999 999 999 000 dollar talab qildi. Patently Apple portali shu haqida xabar berdi.
Amerikalik ayol iPhone ishlab chiqaruvchilarini nohaq raqobat va xaridorlardan ma'lumot yashirish orqali firibgarlik qilishda aybladi. U smartfon foydalanuvchilari yangi gadjyetlarni qo‘lga kiritishga majbur bo‘lgani, zero kompaniya atayin eski modellar samaradorligini pasaytirganini ta'kidladi.
Bundan avval Reddit foydalanuvchilari eski modeldagi smartfonlarning tezligi sekinlashganidan shikoyat qilib, kompaniya bunday effektga erishish uchun maxsus funksiyalar kiritayotganini taxmin qilishgan.
Bunga javoban Apple'da qurilmalar protsessorining maksimal chastotasi atayin kamaytirilganini tan olindi, biroq bu "akkumulyatorlar faoliyatini yaxshilash" va gadjyetlarning o‘zidan o‘zi o‘chib qolishini bartaraf etish maqsadida qilingani ta'kidlandi.