Ilon Mask elektropikap ishlab chiqarishga va'da berdi

Fan-texnika 14:12 / 27.12.2017 4287

Amerikaning SpaceX kompaniyasi direktori Ilon Mask Tesla Model Y ketidan elektropikap ishlab chiqarishga va'da berdi. 

"Model Y ketidan pikap ishlab chiqaramiz. Deyarli besh yildan beri pikapning dizayn va muhandislik detallariga doir g‘oyalarni miyamda saqlab kelmoqdaman. Uni tez orada ishlab chiqarishga va'da beraman", - dedi Mask Twitter foydalanuvchilaridan birining pikap ishlab chiqarish iltimosiga javoban. 

Oktyabrda Tesla Inc. kompaniyasi mustaqil boshqaruv texnologiyasiga ega Tesla Semi elektr yuk mashinasi prototipini namoyish qildi. Mask taqdimotda elektr yuk mashinasini yaratish jahon iqtisodiyotini qazib olinuvchi yonilg‘ini qo‘llashdan ozod qiluvchi yo‘nalishdagi navbatdagi qadam ekanini ta'kidlagandi. Tesla Semi'ni seriyali ishlab chiqarishga 2019 yilda start beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: