HeadHunter ish izlashga doir job.ru servisini xarid qiladi va... uni yopadi

Fan-texnika 20:50 / 27.12.2017 5719

HeadHunter ish izlashga doir job.ru servisini xarid qilishga kelishib oldi. Bu haqida kompaniya vakillari ma'lum qilishgan.

Kompaniya kelishuv doirasida job.ru aktivlarining bir qismiga, shu jumladan domen nomi va tovar belgilariga ega bo‘ladi. Kelishuv ishtirokchilari 2018 yil yanvar oyi oxiriga borib loyihani yopishni rejalashtirishmoqda. 

25 dekabr kuni job.ru saytida loyihani yopish va HeadHunter'ga qo‘shilish taklifi haqidagi e'lon paydo bo‘ldi, deya aniqlik kiritiladi xabarda. Unda, shuningdek, job.ru foydalanuvchilari o‘z rezyumelarini HeadHunter loyihasi saytiga ko‘chirish imkoniga ega bo‘lishi qayd etildi. Shartnoma summasi haqidagi savol javobsiz qoldirilgan.

"Pronto Media" aksiyadorlarining Rossiyada barcha internet-aktivlarni bundan keyin rivojlanishini to‘xtatish qarori bizga job.ru aktivlarining bir qismini qo‘lga kiritish imkonini berdi. 

Birinchi navbatda, bu job.ru'ning bir necha million foydalanuvchisiga o‘z rezyumesini HeadHunter tizimiga, shu jumladan HeadHunter rivoji uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan professional soha va mintaqalarga to‘siqsiz ko‘chirish imkoniga bog‘liq".
Mixail Jukov
HeadHunter bosh direktori

2017 yilning noyabrida "Iz ruk v ruki" nashriyoti va Job.ru xolding ikki saytning ham yopilishi haqida e'lon qildi. "Pronto media" Turkiyaning Dogan Yayin guruhi boshqaruvchi Trader Media East kompaniyasiga tegishli. 

Ko‘proq yangiliklar: