AQShda 4,5 metrlik ta'sirga ega simsiz zaryad sotuvga chiqadi

Fan-texnika 23:08 / 27.12.2017 7193

Zaryad stansiyalari telefon bilan bevosita aloqani talab qilganda ularni chin ma'noda simsiz deb atash qiyin. Sim tarmoqqa ulanishga kerak, telefon stansiyadan olinsa, u darhol elektronmagnit maydon ta'siri doirasidan chiqadi va zaryad olishdan to‘xtaydi. Shunday ekan, bu zaryad qurilmalarining bari — simlardan xalos bo‘lish yo‘lidagi yarimchoralar. 

Ishlab chiqaruvchilar so‘nggi vaqtlarda simsiz zaryadlar ta'sir radiusini oshiruvchi qurilmani ishlab chiqarishga harakat qilishdi. Biryo‘la bir necha startap shu yo‘nalishda ishlamoqda. Masalan, MIT bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida 30 sm radiusdagi bir necha gadjyetni zaryadlay oluvchi Pi Charger qurilmasini ishlab chiqarishmoqda. 

Bunga qadar MotherBox kompaniyasi bir vaqtning o‘zida necha qurilmani masofadan zaryadlay oluvchi qurilmasini namoyish qilgandi. 

Foto: Youtube/ WattUp Demo

Biroq aynan Energous startapining WattUp Mid Field qurilmasi chin ma'nodagi birinchi simsiz va funksional zaryad qurilmasi bo‘lishi mumkin, chunki 4,5 metrlik masofa simlardan xalos bo‘lish imkonini beradi. U elektr energiyasini radiochastotalarga aylantiradi, shundan so‘ng ularni devayslarga o‘rnatilgan maxsus priyomnikka yo‘llaydi va bu, ehtimol, texnologiyaning yagona salbiy jihatidir.

Balki kelgusida priyomnikni telefonlar korpusiga o‘rnatishning uddasidan chiqilar. Hozir esa qurilma AQSh Federal aloqa komissiyasi tasdig‘idan o‘tdi. Kompaniya uni CES 2018 ko‘rgazmasida rasman namoyish etishni rejalashtirmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: