2025 yildan keyin Toyota va Lexus’ning barcha modellari elektrlashtiriladi

Fan-texnika 21:05 / 27.12.2017 4224

Toyota o‘z e'tiborini gibrid va vodorodda ishlovchi avtomobillar ishlab chiqarishga qaratish uchun 3 yil avval akkumulyatorda ishlovchi avtomobillarni ishlab chiqarishdan voz kechgandi. Endi esa yapon kompaniyasi o‘z rejalarini o‘zgartirib, 2025 yilgacha Toyota va Lexus brendlari ostida chiqariluvchi barcha modellarini elektrlashtirmoqchi.

Kompaniya 2020 yilga qadar 10 ta elektrokar ishlab chiqaradi, qolgan modellarni  esa 2025 yilgacha chiqaradi. Birinchi elektrokarlar Xitoy bozoriga mo‘ljallanadi. Kompaniya rejasida Yaponiya, Hindiston, Yevropa va AQShda ham avtomobillar sotish bor. 2030 yilga kelib Toyota yiliga 5,5 mln ta elektromobil sotishni rejalashtirgan.

USA Today nashrining fikricha, yapon kompaniyasining bu bayonoti u Tesla’ning eng katta “bosh og‘rig‘i”ga aylanishi mumkinligini taxmin qilishga ijozat beradi.

Toyota o‘z rejasini amalga oshirish uchun Panasonic bilan batareyalar ishlab chiqarish uchun birlashadi. Ushbu yo‘nalishga ajratiladigan investitsiyalar 13,3 mlrd dollarni tashkil qiladi. 

Kompaniya to‘liq elektrlashtirilgan avtomobillar deganda elektr avtomobillar, ulanuvchi gibridlar, yonilg‘i elementlari va ularning istalgan kombinatsiyasini tushunadi. Vaholanki, kompaniyaning ishlanmalar bo‘limi boshlig‘i Mitsuxisa Kato 2015 yilda “elektromobillar yurish zaxirasi juda kichikligini, batareyalar quvvatlanishi vaqti juda kattaligini” va “texnologiyalarning joriy rivojlanishi darajasida kimdir yangi turdagi batareyalar ishlab chiqarishi va bunga Nobel mukofotini olishi kerakligini” aytgandi.

Biroq bu gaplar o‘shanda aytilgan, hozir esa Toyota Ilon Maskning Tesla’si bilan raqobatlashmoqchi. Biroq Toyota rahbari Takesi Utiyamada Tesla’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi deb hisoblamaydi va undan o‘rnak olmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: