Google internet qidiruv tizimi 2017 yil uchun AQShdagi eng ommaviy avtomobil markalari ro‘yxatini tuzdi. Reytingga eng ko‘p qidirilgan markalar kiritilgan. Hammasi bo‘lib ro‘yxatdan 10 ta kompaniya joy olgan.
O‘tgan yilga nisbatan reyting ancha o‘zgargan. Misol uchun, ro‘yxatga Bentley, Maserati, Lamborghini va Rolls-Royce kabi premial va sport markalari kiritilmagan. Shu bilan birga yangi brendlar – Kia va Hyundai kiritilgan.
Quyida bu ro‘yxat keltirilgan.
O‘rin 2017 yil 2016 yil
1 Ford Honda
2 Lexus Mercedes-Benz
3 Kia Tesla
4 Toyota Lamborghini
5 Honda Volvo
6 Buick Ford
7 Acura Jaguar
8 Tesla Bentley
9 Hyundai Maserati
10 Dodge Rolls-Royce
2016 yilda Google’dagi qidiruvlar bo‘yicha eng ommaviy marka “Xonda”, 2015 yilda Chevrolet, 2014 yilda esa Ford bo‘lgan. E'tiborlisi, 3 yil avvalgi reytingda Yevropaning bittagina markasi bo‘lgan. Sekin-asta Yevropa markalari soni oshib borib, 2016 yilda 7 tani tashkil qilgan.