100 yil avval sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi topildi
Papua-Yangi Gvineya tarkibiga kiruvchi Dyuk-of-York orollari qirg‘og‘i yaqinida 103 yil muqaddam izsiz g‘oyib bo‘lgan HMAS AE1 Avstraliya suv osti kemasi topildi. Bu haqda Avstraliya Mudofaa vazirligi saytida xabar berilgan.
Suv osti kemasi qoldiqlari o‘tgan haftada boshlangan ekspeditsiya davomida topildi. Ular taxminan 300 metrlik chuqurlikda bo‘lgan.


1914 yilning 14 sentabr kuni Yangi Britaniya orollari yaqinida g‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi bortida 35 kishi bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, suv osti kemasi ekipajining taqdiri «Avstraliya harbiy tarixidagi eng sirli voqealardan biri bo‘lib qolayotgandi».
Shuningdek ta'kidlanishicha, suv osti kemasining topilishi bilan «Avstraliyaning eng qadimiy harbiy-dengiz siri ochildi».
Mavzuga oid

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:29 / 03.03.2025
Avstraliyada 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolgan donor vafot etdi

15:57 / 25.02.2025
Avstraliyada kir yuvish mashinasidan dunyodagi eng xavfli ilonlardan biri topildi

15:26 / 25.02.2025