Honduras prezidentining opasi aviafalokatda halok bo‘ldi

Foto: REUTERS/Presidency Honduras
Hondurasda harbiy vertolyotning qulashi oqibatida 6 kishi, jumladan mamlakat prezidenti Xuan Orlando Ernandesning opasi Xilda Ernandes halok bo‘ldi. Bu haqda El Nuevo Herald nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, falokatda Xilda Ernandesdan tashqari, 5 kishi (harbiy-havo kuchlari zobitlari, uchuvchilar va xavfsizlik xizmati a'zolari) halok bo‘lgan. Vertolyot mamlakat poytaxti Tegusigalpadan Komayagua shahriga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Vertolyot bilan aloqa yo‘qolgach, uni qidirishga ikkita harbiy vertolyot jo‘natilgan. Vertolyot mamlakatning markaziy qismidagi Yerbabuyena tog‘li hududida aniqlangan.
Xilda Ernandes avval aloqa vaziri sifatida, ayni vaqtda ukasining saylovoldi kampaniyasida maslahatchi sifatida ishlayotgandi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, falokatga uchragan vertolyot Eurocopter AS350 Ecureuil mamlakat harbiy-havo kuchlariga tegishli bo‘lib, parvozlar uchun tez-tez ishlatib turilgan. Taxmin qilinishicha, uchuvchi yomon ob-havo tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.
Prezident opasining vafoti tufayli tvitterda qora motam tasmasi tasvirlangan postni chop etgan.
Mavzuga oid

18:14 / 31.01.2025
Air Busan samolyotidagi yong‘inga pauerbank sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda

21:23 / 28.01.2025
Janubiy Koreya aeroportida samolyot yonib ketdi

11:39 / 29.12.2024
Kanadada ham yo‘lovchi samolyot muvaffaqiyatsiz qo‘nishni amalga oshirdi

09:12 / 09.10.2023