Bundesliga. «Bavariya» dramatik bahsda g‘alabani qo‘lga kiritdi

Germaniya chempionatining 17-turida «Bavariya» safarda «Shtutgart» bilan bellashdi.
Tashabbusga ega bo‘lishiga qaramay, mehmonlar faqat o‘yin yakunlanishiga 11 daqiqa qolganida hisobni ochdi. Myuller 79-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etdi. «Shtutgart» mag‘lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi, ammo Akolo so‘nggi daqiqada penaltini aniq amalga oshirolmadi.
«Volfsburg»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan «Kyoln» mavsumdagi dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Frayburg» klubiga o‘z maydonida 1:3 hisobida yutqazib turgan «Augsburg», hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkita gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Mezbonlar tarkibida Finnbogason het-trik sohibi bo‘ldi.
Bundesliga, 17-tur
16 dekabr
Shtutgart – Bavariya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 79 Myuller.
Amalga oshirilmagan penalti: Akolo (90+3)
Shtutgart – Tsiler, Badshtuber, Baumgartl, Aogo (Asano, 81), Pavar, Ozjan, Askasibar, Akolo, Gentner, Bek (Brekalo, 81), Terodde (Kaminski, 47).
Bavariya – Ulrayx, Boateng, Martines, Rafinya, Xummels (Zyule, 68), Vidal, Kimmix, Xames, Tolisso (Myuller, 65), Koman (Alaba, 84), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Boateng (31), Aogo (53), Bek (70), Rafinya (90).
Kyoln – Volfsburg 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 67 Klemens.
Verder – Maynts 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 2 Bargfrede, 2:0 – 17 Belfodil, 2:1 – 70 Kvayson, 2:2 – 90 Fray.
Ayntraxt F – Shalke-04 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 2 Yovich, 2:0 – 65 Aller, 2:1 – 82 Embolo, 2:2 – 90 Naldo.
Augsburg – Frayburg 3:3 (1:1, 2:2)
Gollar: 1:0 – 1 Finnbogason, 1:1 – 20 Gyunter, 1:2 – 48 Petersen, 1:3 – 65 Petersen, 2:3 – 90+1 Finnbogason, 3:3 – 90+3 Finnbogason.
Mavzuga oid

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

10:10 / 11.12.2024