2017 yilning erta kuzida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yangi DVB-T2 standartida raqamli teleuzatish tarmog‘ining sinov tekshiruvi ishga tushirildi. Ushbu raqamli teleuzatish aholiga eng mashhur milliy va xorijiy telekanalarni yuqori sifatda bepul ko‘rish imkoniyatini beradi. Raqamli teleuzatishga o‘tish – mamlakatimiz televideniyasining rivojlanishidagi muhim bosqichdir.
2017 yil 14 dekabr kuni UZDIGITAL TV’ning Buxoro shahridagi, B. Naqshbandiy ko‘chasi 40-uyda joylashgan sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi o‘z eshiklarini ochdi. Bu yerda mijozlar raqamli televideniyega ulanish uchun uskunalarni xarid qilish imkoniyatiga ega. Televizorning rusumiga qarab (ichki DVB-T2 tyunerli yoki ichki tyunersiz) kompaniya 2 turdagi uskunalarni taklif etadi: TeleCARD (CAM-modul) va raqamli efir qabul qilgich (tyuner). DVB-T2 raqamli standarti tufayli tomoshabinlarni sifatli tasvir va ovoz bilan ta'minladi.
O‘zbekistonda mavjud bozor holati raqamli televideniye xizmatlarini taqdim etadigan hududni kengaytirishga xizmat qiladi. 2018 yilning boshida Qashqadaryo viloyati hududida ham UZDIGITAL TV’ning yana bir sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi ochilishi rejalashtirilgan.
UZDIGITAL TV raqamli televideniyesi faqatgina yuqori sifat va telekanallar to‘plami kengligi emas, bu sizning va oila a'zolaringiz hayotini yangi sifati ham demakdir!
Kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlarni PAYNET, CLICK, UZCARD, PayMe, U-PAY, MBANK, Woy-wo to‘lov tizimlari, shuningdek, “Aloqa Bank”, “Ipak Yo‘li Banki” va “Ipoteka Bank” orqali amalga oshirish mumkin. Qo‘shimcha ma'lumotni www.uzdtv.uz saytidan olish mumkin.
Davomi bor...
Reklama huquqi asosida