Bitkoin kursi tarixda birinchi marta 15 ming dollardan oshdi

Foto: TASS
Bitkoin kursi savdo tarixida birinchi marta 15 ming dollar ko‘rsatkichdan oshib, 19 foizga o‘sdi. Coinmarketcap elektron kriptovalyuta maydonidagi ma'lumotlar shundan dalolat bermoqda. Bundan avval bitkoin kursi 14 ming dollardan oshgandi.
Bitkoin - blokcheyn texnologiyasi asosida bir xil nomli kriptovalyutaning markazlashtirilgan tizimi. Tizim konsepsiyasi 2008 yilning noyabrida Satosi Nakamoto taxallusi ostidagi muallif tomonidan taqdim etilgandi, biroq bitkoinning mashhurlik davri so‘nggi yillardagina kuzatilmoqda. Bitkoin emissiyasi tabiiy ravishda cheklangan va hozirga kelib ularning aksariyat qismi "qazib olingan".
2017 yilning avgustida kriptovalyuta klassik bitkoin va Bitcoin Cash'ga ajraldi. Bu tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligini oshirishi kerak bo‘lgan yangilanishlarga doir bahslar natijasida kelib chiqdi.
Bundan avval Turkiyaning din ishlari boshqarmasi bitkoinni islom g‘oyalariga zid deb tan olgani haqida xabar berilgandi. Bu uning chayqovchilik xususiyati bilan bog‘langan. Xabarda aytilishicha, musulmonlarga o‘z tabiatiga ko‘ra chayqovchilik jihozlaridan foydalanish taqiqlangan. Shu sababli bitkoin islom g‘oyalariga zid keladi. Xuddi shu tamoyil qolgan kriptovalyutalarga, jumladan blokcheynlar negizidagi onlayn-xizmat Ethereum’ga ham taalluqli.
Mavzuga oid

19:31 / 30.12.2024
Chechenistonda kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi

23:07 / 28.12.2024
Chernogoriyada qo‘lga tushgan kriptomagnat AQShga ekstraditsiya qilinadi

16:11 / 28.12.2024
Tergov davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish tartibi belgilandi

12:33 / 13.12.2024