AQSh startapi uch g‘ildirakli antiqa elektrokar namoyish qildi

Fan-texnika 11:57 / 01.12.2017 7553

AQShning Ampere Motors startapi o‘zining ilk avtomobili – uch g‘ildirakli, kichik o‘lchamli elektr rodster “1”ni namoyish qildi. Elektr rodsterning taqdimoti 1 dekabrdan boshlanuvchi Los-Anjyelesdagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi, biroq mashinaning suratlari internetda paydo bo‘lishga ulgurdi.

Bu noodatiy elektrokar negizida quvursimon ramali shassi yotadi. Mashina batareyalari sig‘imi unga qayta quvvatlanishsiz 160 km gacha yo‘l bosib o‘tish imkonini beradi.

Foto:  @Carscoop

Kompaniya vakillarining aytishicha, ushbu avtomobilni yaratishda tajribali mutaxassislar, muhandislar va poygachilar ishtirok etishgan. Bu mashina uning yaratuvchilari tomondan “shahar bo‘ylab yurish va yaxshi hordiq chiqarish uchun ideal mashina” deb ta'riflangan.

Mashinaning dastlabki narxi 9900 dollarga baholangan. Ayni vaqtda Ampere 1 seriyali ishlab chiqarish uchun taxminan 80 foizga tayyor. Kompaniya mashina uchun oldindan buyurtmalar ola boshlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: