iPhone X’da yana bir nosozlik aniqlandi

Fan-texnika 23:24 / 25.11.2017 14303

Yangi iPhone X smartfonlarida yana bir muammo aniqlandi: telefon ekrani bosilganda chiqillagan ovoz chiqmoqda.  

Ushbu muammo bayon qilingan video YouTube’da iAppleGeek niki ostidagi foydalanuvchi tomondan joylashtirgan. Videoda qurilmaning pastki qismiga bosilganda, g‘alati tovush chiqayotganini eshitish mumkin. Foydalanuvchining fikricha, bu muammo ekranning korpusga yaxshi yopishmagani bilan bog‘liq. Boshqa foydalanuvchilarning aytishicha, ular avvalgi  iPhone’larda ham bu muammoga duch kelganlar. Gap shundaki, ekranni korpusga mahkamlovchi yelim vaqt o‘tishi bilan qurishishi mumkin. Aynan shu kamchilik ekranga bosilganda chiqillash ovozining sababi hisoblanadi.

Foydalanuvchilar videoni joylashtirgan foydalanuvchiga kafolat xizmatiga murojaat qilish yoki qurilmasini yangisiga o‘zgartirishni tavsiya qilishgan.

Bundan avvalroq ham eng yangi smartfonda bir qator muammolar kuzatilgandi. Jumladan, ekranning turli tomonlarida yuqorisidan pastigacha cho‘zilgan yashil chiziq paydo bo‘la boshlagan, ekran sensori sovuq havoda ishlamay qolgan, yuzni tanish tizimi FaceID ba'zi hollarda noto‘g‘ri ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: