Saudiya Arabistonida qish noodatiy sovuq kelishi kutilmoqda

Foto: AFP 2017 / Saul Loeb
Issiq va qurg‘oqchil iqlimga ega bo‘lgan Saudiya Arabistonida joriy qish noodatiy sovuq kelishi kutilmoqda. Mahalliy ob-havo mutaxassislarining ta'kidlashlaricha, havo harorati -5 gradus sovuqqacha tushib ketishi mumkin.
“Qirollik hududida qishda havo harorati -5 gradus sovuqqacha tushib ketishi mumkin. Eng sovuq havo Saudiya Arabistoni shimolida bo‘ladi”, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistoni meteorologik xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Joriy haftada qirollikda kuchli yomg‘irlar yog‘ishni boshladi: dastlab yomg‘ir mamlakatning g‘arbida, 23 noyabrdan esa markaziy qismidagi Ar-Riyodda yog‘ishni boshlagan. Hafta boshidan shunchalik ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ganki, qirollikning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri – Jiddada barcha asosiy trassalar va tunnellar suv ostida qolgan.
O‘tgan yil qishida Arabiston yarimoroli davlatlari bu joylar uchun noodatiy tabiiy hodisa – qorning yog‘ishi guvohi bo‘lgandilar. O‘tgan qishda qor Saudiya Arabistonining shimolidagi ba'zi hududlar, Ummon sultonligi va BAAda kuzatilgan.
Mavzuga oid

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi

20:07 / 03.03.2025