Ekspert iPhone 8S qanday ekran bilan chiqarilishini bildirdi

Fan-texnika 10:20 / 22.11.2017 6799

Yaqinda savdosi boshlangan iPhone X smartfonlarini ishlab chiqarish talabni quvib yetmoqda. Buyurtma qilingan mahsulotni yetkazib berish muddatining 3−4 haftadan 2−3 haftagacha qisqargani shunday deyishga asos bo‘ladi, deydi Rosenblatt Securities tahlilchisi Jun Chjan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Apple ishlab chiqishni muvaffaqiyatli tarzda kuchaytirmoqda.

Xaridorlarni biroz uzoqlashtirayotgan jihati smartfonning yuqori narxdaligidir. U 999 dollar turadi. Tahlilchining aytishicha, Apple iPhone X smartfoni narxini pasaytirishi mumkin. Buning uchun kelasi yili OLED disply o‘rniga LCD-ekranli telefon taklif etiladi va u iPhone 8S deb nomlanishi ehtimol. Bundan tashqari, ayrim xaridorlar iPhone 8 telefoniga e'tibor bermayapti. Ular aksincha, undan arzonroq 7-modelni ma'qul ko‘rishmoqda. 

Dastlabki hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, o‘rta toifadagi xaridorlar iPhone 7 smartfonini tanlamoqda. Birmuncha boyroq aholi qatlami esa, iPhone X telefonini ma'qul ko‘rmoqda. Rosenblatt Securities ma'lumotlariga qaraganda, shu vaqtgacha dunyo bo‘ylab 7−8 mln dona iPhone X sotilgan. Apple dekabr oyiga kelib, flagman telefonini ishlab chiqarish hajmini 25 mlndan 26−27 mln donagacha yetkazadi. 

Ko‘proq yangiliklar: