O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi avtomobil qatnovi bo‘yicha bayonnoma kuchga kirdi

Foto: Uzdaily
2017 yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2006 yil 20 martda imzolangan Avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma (2017 yil 23 mart kuni Ostona shahrida imzolangan) kuchga kirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Bayonnoma bilan muntazam/nomuntazam xalqaro avtomobil yo‘lovchilarini tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi me'yorlarni qo‘shish orqali Hukumatlararo bitimning qo‘llash yo‘nalishlari kengaytiriladi.
Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasida transport kommunikatsiyalari yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda o‘zaro maqbul huquqiy sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025