OAV: Yaponiya Tomahawk qanotli raketasiga o‘xshash raketa ishlab chiqishi mumkin

Fan-texnika 21:20 / 20.11.2017 6924

Yaponiya hukumati kemalar va quruqlikdagi nishonlarga zarba bera olish uchun qanotli raketa barpo qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yomiuri nashrining yozishicha, uning Amerika raketasiga o‘xshash jihatlari e'tiboridan Yaponiya Tomahawk raketasi deb atalmoqda.

Yaponiya mudofaa vazirligi 2018 yil uchun byudjyet so‘rovida yangi boshqariluvchi kemalarga qarshi raketani ishlab chiqishni boshlash haqida ma'lumot bor. Bu raketalar Yaponiya orollari uchun mo‘ljallanayotgani ham qayd etilgan. 

Shu maqsadda, vazirlikka ko‘ra, 7,7 mlrd iyen (68,4 mln dollar) ajratish kifoya qiladi. Biroq, nashrning yozishicha, kemalarga qarshi raketa xususiyatlari quruqlikdagi nishonlarga zarba bera oladigan qanotli raketalarnikiga o‘xshashdir. Shu boisdan ham mamlakat hukumati ushbu ikki loyihani ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarida birlashtirishni rejalashtirmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: