Formula-1 «mashinalari qabristoni» topildi

Fan-texnika 17:05 / 20.11.2017 17836

Fransiyada 1980 va 1990-yillarga tegishli Formula-1 avtomobillarining tashlab ketilgan kolleksiyasi topildi. Biroq gap Ferrari, Lotus hamda Renault’ning haqiqiy mashinalari haqida emas, balki ularning nusxalari haqida bormoqda, deb xabar qildi Auto.cz nashri.

Ta'kidlanishicha, ko‘plab avtomobillarda Formula-1’da ishtirok etgan o‘xshash mashinalar bilan bo‘yoqlar hamda raqamlar umuman boshqadir. Aftidan, bu muzeyga yoki xususiy kolleksiya yig‘uvchiga tegishli bo‘lgan maketlar.

Barcha mashinalar yomon holatda ekani aytilmoqda. Ularni  po‘panak bosgan, bo‘yoqlar esa ko‘chib ketgan va g‘ildiraklar bo‘shab qolgan. Avtomobillar nima sababdan shunday holatga tushgani noma'lum.

Foto: Auto.cz
Foto: Auto.cz
Foto: Auto.cz
Foto: Auto.cz
Foto: Auto.cz
Ko‘proq yangiliklar: