Tesla bir quvvatlanishda 1000 km yura oladigan modelni taqdim qildi

Fan-texnika 19:30 / 17.11.2017 12236
Foto: Tesla 

Tesla 17 noyabrda nafaqat Semi elektr yuk mashinasini taqdim qildi, balki yangi avloddagi Roadster modeli haqidagi tafsilotlar bilan bo‘lishdi. Tesla rahbari Ilon Maskning ta'kidlashicha, ushbu avtomobil dunyodagi eng tezyurar avtomobil bo‘ladi.

Tesla taqdimotda yangilangan Roadster’ni namoy  ish qildi. 4 o‘rindiqli, 2 eshikli mashina 200 kilovatt-soatlik batareyalar blokini oladi. Bu esa mashinaga bir quvvatlanishda 1000 km yo‘l bosib o‘tishga imkon berdi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangi Tesla Roadster 96 km/soat tezlikka 1,9 soniyada, 160 km/soat tezlikka esa 4,2 soniyada erisha oladi. Elektrokarning maksimal tezligi 400 km/soatdan oshadi. Maskning aytishicha, yangi avloddagi Tesla Roadster dunyodagi eng tezyurar seriyali mashina bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda dunyoning eng tezyurar avtomobili sifatida Koenigsegg Agera RS deb tan olingandi. Mashina 457 km/soat tezlikka erisha olgan.

Foto: Tesla 

Roadster uchta motor bilan jihozlanadi: bitta old o‘qqa va ikkita orqa o‘qqa. Mashinaning maksimal aylanish lahzasi 10 ming Nm ni tashkil qiladi. Elektrokar olinuvchi tom bilan jihozlanadi.  

Foto: Alexandria Sage / Reuters 

Hozircha Roadster prototip bosqichida bo‘lib, 2020 yildan ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Dastlab mashinaning maxsus versiyasi Founder’s Series 250 ming dollardan sotiladi. Keyin esa mashinaning oddiy versiyasi 200 ming dollardan chiqariladi.

Foto: Tesla 

Original Tesla Roadster 2008 yildan 2012 yilgacha ishlab chiqarilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: