Qozog‘iston Atamboyevning «xarxasha» haqidagi keskin bayonotiga javob qaytardi

Foto: Qozog‘iston TIV
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning so‘nggi bayonotlariga izoh berdi, deya xabar qilmoqda qozoq OAV.
«Diplomat hamda Qozog‘iston Respublikasi tashqi siyosat idorasi rahbari sifatida, men boshqa davlat yetakchisining bayonotiga baho bera olmayman. Men faqat taniqli siyosatshunosning fikriga qo‘shilaman. U Qirg‘izistonning o‘z lavozimini tark etayotgan prezidenti bayonotlari siyosiy boadablik qoidalari va suveren mamlakat rahbari maqomiga to‘g‘ri kelmasligi haqida aytib o‘tdi», - degan Qayrat Abdrahmanov jurnalistlarga.
Uning ma'lum qilishicha, Qozog‘iston tomoni va hukumati Qirg‘iziston hukumati bilan avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha samarali ishlash mumkinligiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Atamboyev kecha, 15 noyabr kuni o‘ta keskin bayonot berib, «Qozog‘iston rahbariyati xarxashasi» haqida gapirdi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025