Jamiyat | 09:30 / 15.11.2017
4816
2 daqiqa o‘qiladi

Jyenevadagi auksionda 163 karatli brilliantga ega marjon 34 mln dollarga sotildi

Foto: Reuters

Jyenevadagi Christie's auksionda 163 karatli brilliantga ega marjon 33,5 mln shveysar frankiga (33,7 mln dollarga) sotildi. Bu haqda auksion uyi saytida ma'lum qilindi.

Zumrad ko‘rinishdagi ishlov berilgan brilliant kichikroq o‘lchamdagi 18 ta brilliant va noksimon 66 ta zumraddan iborat marjonning o‘rtasiga qo‘yilgan. Ushbu marjon de GRISOGONO zargarlik uyi tomonidan yagona nusxada yaratilgan.

Auktsion uyining ta'kidlashicha, bu brilliant ushbu auksion uyida sotilgan eng katta brilliant hisoblanadi,

Brilliant 404 karatli olmosga ishlov berib yaratilgan. Qimmatbaho tosh Angolada 2016 yil fevralida topilgan va unga ishlov berish uchun 11 oy ketgan.

Auktsionda sotilgan yana bir noyob lot 19 karatga ega “Buyuk Mazarini” brillianti bo‘ldi. Bu brilliant 14,5 mln dollarga sotildi. Bu qimmatbaho tosh o‘z davrida Fransiya qirollari Lyudovik XIV, Karl X, imperatorlar Napoleon Bonapart va Napoleon III’ga tegishli bo‘lgan.

Mavzuga oid