WikiLeaks: Amerika razvedkasi "Kasperskiy" antivirusi niqobida josuslik dasturi ishlab chiqdi

Fan-texnika 17:50 / 10.11.2017 12052

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Hive ("Ari ini") nomli zararli dasturni ishlab chiqdi. U zararlangan kompyuterlardan ma'lumotlarni yuklab olish imkonini beradi. Dasturning kodi esa, "Laboratoriya Kasperskogo" antivirus dasturlarining kodini takrorlaydi. Bu haqda WikiLeaks tashkiloti o‘z saytida e'lon qilmoqda.

Sertifikatlarni haqiqiyligini tasdiqlash jarayonida virus haqiqatda mavjud ishlab chiquvchilar mahsuloti niqobi ostiga yashirinadi, deb yozadi WikiLeaks. Hive dastur kodida 3 ta element bo‘lib, u antivirus sertifikatiga o‘xshashlik vazifasini bajaradi. 

WikiLeaks tashkilotining tushuntirishicha, MRB tomonidan xurujga uchragan har qanday tashkilot tizimdan kelib chiquvchi trafikni ko‘zdan kechirsa, ma'lumotlarni o‘g‘irlash virus yashiringan dastur tomonidan o‘g‘irlanganiga guvoh bo‘ladi. 

Ushbu ma'lumotlar Vault 8 deb nomlanuvchi va WikiLeaks tomonidan mart oyi boshlarida e'lon qilingan maxfiy ma'lumotlar to‘plamiga kiradi. Tashkilot loyiha doirasida 10 mingga yaqin hujjat va fayllarni e'lon qildi. Ular MRBning Lenglidagi Kiberrazvedka bo‘yicha markazning ichki tarmog‘ida saqlangan bo‘lgan. 

Biroq "Laboratoriya Kasperskogo" kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Kasperskiyning bayonot berishicha, go‘yoki uning kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter virusining kompaniyaga aloqasi yo‘q. Antivirus ishlab chiqaruvchisi mijozlariga mahsulotlari xavfsizligini kafolatlaydi. 

"Biz Vault 8 e'lon qilingach tekshiruv o‘tkazdik va bizning nomimizdan chiqarilgan sertifikatlar haqiqiyligini tasdiqlaymiz. Foydalanuvchilarimiz, shaxsiy parollar va xavfsizlik servisiga ziyon yetmagan", - deb yozgan Kasperskiy Twitter sahifasida.  

 

Ko‘proq yangiliklar: