Apple bir chorakda 10,7 mlrd dollar miqdorida foyda ko‘rdi

Fan-texnika 12:00 / 03.11.2017 5819

Amerikaning yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Apple koproratsiyasi joriy yil uchinchi choragi natijasiga ko‘ra, 10,7 mlrd dollar miqdorida sof daromad ko‘rganini ma'lum qildi. Bu har bir aksiya 2,07 dollar daromad keltirganini anglatadi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotida shu haqda so‘z yuritilgan. 

Hisobotga binoan, o‘tgan yilning hisobot davrida 9 mlrd dollarga yaqin foyda ko‘rilgan. Apple sof pul tushumi uch oyda 12,2 foizga o‘sib, 52,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan 28,8 mlrd dollari, ya'ni 55 foizga yaqini iPhone smartfonlari savdosidan tushgan.

Ekspertlar umumiy tushumni 50,7 mlrd dollardan oshmasligini taxmin qilishgan edi. Ammo Apple kelasi chorakda yangi yil bayramlari munosabati bilan yuqori savdo kuzatilishini va korporatsiya tushumi 84-87 mlrd dollar atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda.

O‘tgan chorakda jami 46,7 mln dona iPhone smartfonlari sotilgan. Bu borada ham tahlilchilar taxminidan o‘zib ketilgan. Apple 3 noyabrdan yangi iPhone X telefonini sotishni boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: