AQShda muhandis va olimlarga talab kamaymoqda, dasturchilarga esa - yo‘q. The New York Times shu haqida xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, universitetlar mamlakatga keragidan ortiq biologlar, fiziklar, matematiklar va antropologlarni tayyorlaydi. Tadqiqotchilar mehnat bozorini o‘rganib, bitiruvchilar uchun ishchi o‘rinlarning yetishmasligiga doir xulosaga kelishdi. Faqat kompyuter bilimlari va shu bilan bog‘liq kasblargina bundan mustasno.
Bu ta'limning STEM-modeliga qarata otilgan "tosh"dir. So‘nggi yillar davomida ushbu model AQSh tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Haqiqatda, uning tarkibi hisoblangan ilm-fan, texnika, injyeneriya, matematika mamlakatning muvaffaqiyatli rivoji, innovatsiyalarni joriy qilishda muhimdir. Bu model shu qadar keng qamrovliki, u bo‘yicha ta'lim oluvchi inson doim hayotda o‘z o‘rnini topishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Aslida esa bu qisman to‘g‘ri. Hisobotlarga ko‘ra, bugungi kunda STEM'da faqat «T» — technology haqiqatda daromadli soha hisoblanadi. Bu kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq barcha narsalarni qamrab oluvchi keng kategoriyadir.
Biroq STEM juda ham ko‘p yo‘nalishlarni birlashtirgan. Model muhandis-dasturchilar bilan birga astronomlar, fiziklar va geologlarni ham tayyorlaydi. Glassdoor vakansiyalar sayti vakillarining aytishicha, bugun AT va an'anaviy ilm-fan vakillari o‘rtasida juda katta uzilish hosil bo‘lgan. Masalan, Computer Science yo‘nalishi bitiruvchisining ilk besh yildagi o‘rtacha yillik maoshi 70 ming dollarni tashkil qiladi, biokimyo profilida esa bu ko‘rsatkich 46 ming dollarga teng.
STEM to‘liq AT-mutaxassislar tomon yo‘nalmoqda. Vashington universitetining informatika bo‘yicha professori Edvard Lazovski yaqinda STEM-modelning turli toifalari mutaxassislarining bandligiga doir tahlil o‘tkazdi. Uning prognozlari yuqoridagi ma'lumotlarga muvofiq keldi. STEM-mutaxassislar bandligining o‘sishi 73 foizga kompyuter bilimlariga asoslangan, an'anaviy bilimlarga esa 3 foiz va hatto undan-da kam. LinkedIn shunday natijalari bilan bo‘lishdi. Servis mehnat bozoridagi eng talabgor 10 ko‘nikma haqida ma'lum qildi va ularning orasida fizika hamda biokimyoga oid bilimlar bo‘lmagan.