Moskvaliklar iPhone X sotuvlaridan uch kun oldin navbatga tura boshlashdi

Fan-texnika 14:20 / 02.11.2017 10837

Moskvaliklar sovuq ob-havoga qaramasdan, rasmiy sotuvlardan uch kun avval iPhone X'ga navbatga turishni boshlashdi. RIA "Novosti" re:Store riteyleri vakili Lyudmila Semushinaning ma'lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

"Seshanba kuni tashkillashtirilgan navbat ro‘yxatiga qarab baho beradigan bo‘lsak, kecha u yerda turganlar soni 267 nafarni tashkil qilgandi", - deydi Semushina.

"Bu birinchi shunday holatdir. Odatda bir kun qolganda taxminan 50 kishi navbat poylardi, ochilishidan oldin esa odam shu darajada ko‘payardi", - deya ta'kidladi agentlik suhbatdoshi. 

Apple muxlislarining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlariga ko‘ra, navbat poylayotgan odamlarning ba'zilari o‘z o‘rnini 50-60 ming rublga sotib, bundan pul ishlab olmoqchi.

Foto: Twitter/NataydoFudzyro

Apple korporatsiyasi 12 sentabr kuni yangi avlod smartfonlarini, xususan iPhone X'ni namoyish qildi. Shisha panel va gardishsiz displeyga ega qurilma ikki rangda taqdim etilgan - kumushrang va "kulrang koinot". U A11 Bionic protsessori bilan jihozlangan va to‘ldirilgan reallik texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Rossiyada iPhone X smartfonining minimal qiymati 79 990 rublga baholanmoqda. 

Gadjyetlarning RFdagi sotuvlariga 3 noyabr kuni start beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: