Xitoydagi elektron tijorat kuni hisoblanuvchi 11 noyabr kuni (Double 11 nomi bilan ham mashhur) Xiaomi birdaniga uchta smartfonini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Redmi Note 5 va Redmi 5 Plus ham bor. Ikki model haqida so‘nggi vaqtlarda turli gap-so‘zlar tarqalgan, shu bilan birga, yangi ma'lumotlar hamon paydo bo‘lmoqda. Yaqinda internet tarmog‘ida Xiaomi Redmi 5 Plus smartfoniga doir yangi suratlar e'lon qilindi.
O‘ziga xosliklari
Xiaomi kompaniyasi Redmi 5 Plus bilan arzon gadjyetlar qatoriga gardishsiz smartfonni olib kiradi. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon ekrani 18: 9 nisbatda bo‘lib, to‘rt tomonida o‘ta ingichka gardish bilan qoplanadi. Qurilmaning old panelida hech qanday tugmacha bo‘lmaydi, barmoq izlarining skaneri ort panelga joylashtirilgan.
Qurilma orqa tomondan ikki kamerali Xiaomi Redmi Pro smartfoniga o‘xshab ketadi. Juft kamera o‘rtasida yorug‘lik diodli yoritqich va barmoqlar izini oluvchi skaner bor. Redmi 5 Plus hajmiga ko‘ra, ehtimol, odatdagi Redmi 5 telefonidan kattaroq bo‘ladi.
Xiaomi Redmi 5 Plus fabletining dastlabki xususiyatlari
Displey: 5,99 dyuymli, 2160 x 1080p (FHD +) o‘lchamli;
Chip: Snapdragon 625 (yoki Snapdragon 450);
Xotira: 3/4 Gb operativ va 32/64 Gb ichki;
Kamera: asosiysi ikkitalik: 12 Mp + 5 Mp;
Akkumulyator: hozircha noma'lum;
Ishlash tizimi: Android 7.1.
Narxi
Yana o‘sha mish-mishlarga binoan, smartfonning eng oddiy namunasi 799 yuan turadi. Bu 970 ming so‘m atrofida deganidir. Qimmat emas-a?