WhatsApp xabarlarni o‘chirish funksiyasini ishga tushirdi

Fan-texnika 19:40 / 01.11.2017 10096

O‘tgan hafta WhatsApp begona qurilmalardan xabarlarni o‘chirish funksiyasini ishga tushirgani haqida ma'lum qilingandi. Yangi funksiya barcha foydalanuvchilar uchun barcha qurilmalardagi xabarlarni o‘chirish imkonini beradi: u nafaqat sizning messenjeringizdan, balki xabarni oluvchining qurilmasidan ham o‘chadi. Bundan avval mazkur funksiya messenjerning faqat eng oxirgi beta-versiyasida ishlardi, endi esa barcha platformalardagi barcha foydalanuvchilar shunday imkoniyatga ega bo‘lishdi. Hi-Tech shu haqida ma'lum qildi.

WhatsApp messenjeriga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi o‘z blogida optsiyaning to‘laqonli ishga tushishi haqida e'lon qildi: u butun dunyodagi foydalanuvchilarda yangilanish jarayonini ishga tushirdi. "Endi iPhone, Android, Windows Phone, shuningdek PKdagi WhatsApp'ning so‘nggi versiyasida barcha qurilmalardan xabarlarni o‘chirish imkoni mavjud", - deyiladi xabarda.

Foto:hi-tech.mail.ru
Foto:hi-tech.mail.ru
Foto:hi-tech.mail.ru

Xabarni o‘chirish uchun uni tanlab, menyudagi urna belgisini bosish kerak. Shundan so‘ng ekranda xabarni faqat "mendan" yoki "hammadan" o‘chirish kerakligi so‘raladi. Xabarni oluvchi "Bu xabar o‘chirildi" degan yozuvni ko‘radi. Biroq 7 daqiqadan ortiq yo‘llangan xabar tanlansa, bunday yozuv chiqmaydi. 

Darhaqiqat, siz xabarlarni faqat 7 daqiqa ichida o‘chirishingiz mumkin. Shunday ekan, shoshilmasangiz, "poyezd ketib qoladi". Hozircha o‘chirganlik haqida hisobot yetkazish ko‘zda tutilmagan, shu bois jarayonning muvaffaqiyatli o‘tgan yo o‘tmaganiga ishonch hosil qilib bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: